Global innovatsiyalar indeksi (The Global Innovation Index) — bu dunyo mamlakatlarining innovatsion rivojlanish darajasini ko‘rsatuvchi global tadqiqotlar va uning reytingi hisoblanadi. Tadqiqotlar INSEAD xalqaro biznes maktabi, Kornel universiteti (Cornell University) va Jahon intellektual mulk tashkiloti (World Intellectual Property Organization, WIPO) qo‘shma loyihasi doirasida 2007-yildan buyon o‘tkazib kelinadi hamda u bugungi kunda dunyoning turli mamlakatlarida innovatsion rivojlanish ko‘rsatkichlarining keng qamrovli majmuini ifodalaydi.

         Global innovatsiyalar indeksi 82 xil parametrlardan tashkil topgan bo‘lib, unda dunyoning iqtisodiy rivojlanishi turli darajalarda bo‘lgan mamlakatlarida innovatsion rivojlanish holati batafsil ifoda etilgan. Tadqiqot mualliflari iqtisodiyotning muvaffaqiyatli bo‘lishi innovatsion salohiyat va uni amalga oshirish uchun yaratilgan sharoitlar bilan bog‘liq deb hisoblaydilar. Shu bois, indeks ikki guruhdan iborat o‘lchovlar bilan baholanadi:

Innovatsiya uchun mavjud resurslar va sharoitlar (Innovation Input):

- institutlar;

- inson kapitali va tadqiqotlar;

- infratuzilma;

- ichki bozorni rivojlantirish;

- biznesni rivojlantirish.

Innovatsiyalarni amalga oshirishda erishilgan amaliy natijalar (Innovation Output):

- texnologiyalar va iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirish;

- ijodiy faoliyat natijalari.

       Shu tarzda, yakuniy indeks u yoki bu mamlakatda innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlar samaradorligini obyektiv baholash imkonini beradigan xarajatlar va samaradorlik ko‘rsatkichlarini aks ettiradi.

Asoschilari:

1) Cornell University (https://business.cornell.edu/)

2) INSEAD (https://www.insead.edu/)

3) WIPO (https://www.wipo.int/portal/en/index.html)

Hamkor tashkilotlar:

1) Hindiston sanoat konfederatsiyasi (The Confederation of Indian Industry (CII)) – (https://www.cii.in/)

2) Strategy& (https://www.strategyand.pwc.com/)

3) Braziliya milliy sanoat konfederatsiyasi (The Brazilian National Confederation of Industry) – (http://www.portaldaindustria.com.br/cni/en/)