Innovatsion ishlanmalarni tadbiq etish ilmiy-amaliy markazi (bundan keyin Markaz) va Qozog‘iston ta’lim va sport robototexnika federatsiyasi “Kazrobotiks” o‘rtasida imzolangan anglashuv memorandumi doirasida Qozog‘istonning Petropavlovsk shahrida bo‘lib o‘tadigan Robototexnika festivalida ishtirok etish uchun Markazdan jamoa yuborildi.

   Festival doiarisda “Robototexnikaning O‘rta Osiyodagi o‘rni” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi va unda spiker sifatida Markaz direktori o‘rinbosari Akbarxon Sobirxonov chiqdi, hamda robosportni Olimpiya o‘yinlariga qo‘shish g‘oyasini olg‘a surdi.