.
.
. .

Innovatsion ishlanmalar ilmiy-amaliy markazi Vazirlar Mahkamasining 06.04.2018 yildagi №276-sonli “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI INNOVATSION RIVOJLANISH VAZIRLIGI BINOSINI QURILISHINI, SHUNINGDEK, INNOVATSION ISHLANMALARNI TATBIQ ETISHNING ILMIY-AMALIY MARKAZI VA INNOVATSION BOG‘INI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”gi qaroriga asosan Innovatison rivojlanish vazirligi huzurida tashkil etilgan.

   - Innovatsion markazning asosiy maqsadi – oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, ta’lim va biznes-tizimlari bilan hamkorlikni kengaytirish yo‘li orqali innovatsion mahsulotlarni ichki va tashqi bozorga yo'naltiruvchi kommunikatsiya fanlari bilan aloqador texnologik platforma yaratish;

      - Yangi bilimlar va innovatsion intellektual muhitni yaratish;

      - Zamonaviy innovatsion mavzularga yosh olim va mutaxassislarni jalb etish;

      - Turli tashkilotlar va korxonalarni konsaltingni amalga oshirish va ularga konsalting xizmatlarini ko‘rsatish;

      - Ayni paytda o‘zlarining innovatsion loyihalarini amalga oshirishni boshlayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash;

      - Xorijlik mataxassislarni jalb etgan holda qisqa muddatli qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish;

   - Yuridik va jismoniy shaxslarni markazning rezidenti maqomida ro‘yxatga olishni tashkillashtirish, shuningdek, doimiy yashash uchun turar-joy Reestriga kiritish orqali markaz yashash huquqini va doimiy rezident maqomini belgilovchi guvohnoma berish;

       - Markaz rezidentlari uchun ekspertlik va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish;

   - Markaz rezidentlariga yuklangan majburiyatlarini bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga natijalarni taqdim etish;

   - Iqtidorli yoshlarni STEAM (fan, texnologiya, injiniring, san'at va matematika) yo'nalishlariga jalb etish.