Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi va Xitoy Xalq Respublikasining UBTECH Robotics Limited  kompaniyasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.Ushbu kelishuv tomonlarga majburiyatlarni yuklamaydi, ammo kelgusida amalga oshiriladigan oʻzaro manfaatli boʻlgan hamkorlik aloqalari uchun zamin yaratadi.

         

UBTECH quyida koʻrsatilgan milliy hamkor bilan belgilangan hududda, kelishuvga erishilgan sana boshlangan kundan oxiriga qadar hamkorlikni davom ettirishni tan oladi.

Nomi: Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi

Nomi: UBTECH Robotics Limited

Hudud: Oʻzbekiston

Sana: 2019-yilning avgustidan  2022-avgustigacha

Hamkorlik shartlari quyidagicha:

-        Tomonlar hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi hududida Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan quyidagi sohalarda innovatsion loyihalarni amalga oshirish:

-        Maqsadli taʼlim muassasalarida, maktablarda robototexnika oʻquv kurslarini tashkil qilish (davlat/xususiy); robototexnika boʻyicha oʻquv markazlari tashkil qilish; maqsadli universitetlar  roʻyxatini tuzish (xorijiy hamkor tomonidan universitetlar va tashkilotlar roʻyxati taqdim etiladi)

-        Joriy yilning oktyabr oyida Toshkent shahridagi “OʻzEkspoMarkaz”da boʻlib oʻtadigan “InnoWeek.uz” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida oʻtkaziladigan Innovatsion koʻrgazmada bepul qatnashish;

-        Robototexnika oʻquv kurslarini tashkil etish uchun Sirdaryo biznes-akseleratorida ikkita auditoriyani zarur texnik jihozlar bilan taʼminlash;

-        Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida joylashgan koʻrgazmalar zalida xorijiy hamkorning milliy robotlar ekspozitsiyasini 3 yil bepul tarzda oʻrnatish;

-        Hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvga asosan maslahat uchrashuvlarini tashkil etish;

-        Oʻzbekiston Respublikasi hududida texnologiyalar, innovatsiya va taʼlim yoʻnalishlarida innovatsion loyihalarni amaliyotga joriy etish (Oʻzbekiston respublikasida robototexnika va sunʼiy intellekt boʻyicha soʻnggi ikki yil ichida 500 dan ortiq umumtaʼlim maktablarini qamrab oluvchi 25 mln dollarlik UBTECH AI laboratoriya loyihasini amalga oshirish)

-        “Bir makon – bir yoʻl” loyihasi asosida Xitoy Xalq Respublikasi hududida Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi iqtisodiy koʻmak izlash huquqiga ega boʻlishi (Loyiha soʻnggi 3 yil ichida Oʻzbekiston Respublikasidagi 9000 dan ortiq umumtaʼlim maktablarini qamrab olishi kutilmoqda);

-        Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi binosi koʻrgazmalar zalida sunʼiy intellekt va robototexnika boʻyicha soʻnggi zamonaviy texnologiyalar namunasini namoyish etish (insonparvar robot – CRUZR  ning rus va oʻzbek tillardagi nusxasini yaratish);

Kelishuvga doir har qanday anglashilmovchilik muzokaralar natijasida bartaraf etiladi.