Joriy yilning 30-iyul kuni Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazida “Perspektywy Education Foundation” (Polsha) tashkilotining ijrochi direktori  Bianka Siwinska xonim bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

 

Ishtirokchilar:

Markaz tomonidan:  Sharipov Sh.; Xalmetova Sh.

Polshalik hamkasblar tomonidan: Dr.Bianka Siwinska; Joanna Maraszek; Przemyslaw Ozierski

 

Uchrashuvdan maqsad:

Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi xodimlarini Varshavada 2019-yilning 13-14-noyabr kunlari oʻtkaziladigan  “Perspektywy Women in Tech Summit 2019 ” tadbiri toʻgʻrisida maʼlumotlar xabardor qilish

 

Natijalar:

Perspektywy Education Foundation tashkiloti 1998-yildan buyon faoliyat koʻrsatib kelayotgan nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi.  Bu tashkilotning asosiy vazifasi Polsha Universitetlarining reytinggini oshirish va ularning dunyo miqyosida ijobiy imidjini yaratishdan iborat.

Ijrochi direktor Bianka Siwinska xonimning aytishicha, 2018-yil jahonning 37 mamlakatidan 2.500 nafar ishtirokchi qatnashgan. Joriy yilda esa Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarini ham jalb etish rejalashtirilgan.

Grant asosida Oʻzbekistondan informatsion texnologiyalar, robototexnika, injiniring va ushbu yoʻnalishlarda ishlab chiqarish sohalarida ishlayotgan va taʼlim olayotgan OTMlarning 15 nafar talaba qizlari ishtirok etishi mumkinligi aytib oʻtildi. 

Grant asosida ishtirokchilarning “Perspektywy Women in Tech Summit 2019” da qatnashish uchun 2 kunlik yashash va (Toshkent-Varshava-Toshkent) parvoz xarajatlarini qoplashni nazarda tutilgan. 

Arizalar topshirish uchun soʻnggi sana - 08.08.2019-y.

 

Baholash:

“Perspektywy Women in Tech Summit 2019” ishtirokchilar uchun dunyo arenasidagi omadli insonlar bilan uchrashuvlar, har tomonlama manfaatli boʻlgan kelishuvlar va oʻzaro tajriba almashish uchun noyob platforma boʻlishi  kutilmoqda. Shuningdek, tadbir doirasida Oksford va Stenford universitetlaridan spikerlar tashrif buyuradi.

Qoʻshimcha maʼlumotlarni quyidagi havola orqali orqali olishingiz mumkin: www.womenintechsummit.pl