Деятельность центра

.
.
. .

Joriy yilning 11 iyun kuni “Mening Yurtim” telekanalida “RoboCUP” musobaqasining final bosqichi namoyish etildi. O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash Ulug’bek jamg’armasi va O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu musobaqada yurtimizdagi eng iqtidorli yosh robototexniklar kuch sinashdi.

 

2 yosh toifasi, ya’ni 16 yoshgacha bo’lgan bolalar va 16 yoshdan 22 yoshgacha bo’lgan o’smirlar o’rtasida  28 ta jamoa Robo-sumo hamda Robo-futbol yo’nalishlarida o’z bilim va ko’nikmalarini namoyish etishdi.

Robo-sumo yo’nalishida 2 nafar ishtirokchidan iborat har bir jamoaning Arduino plapformasi asosida yaratgan robotlari mardu maydonda o’z kuchlarini sinadilar.

Robo futbol yo’nalishida jamoalarning Lego konstruktorlari yordamida yasalgan robotlar musobaqasi bo’lib o’tdi. G’olib bo’lgan «Just robotics» jamoasi a’zosi Habibulloh Akromjonov va Asrorxo’ja G’anixo’jaevlar Turin politexnika universitetiga kirish imtihonlarida qo’shimcha 30 foizlik imtiyozni qo’lga kiritdi. 

Ikki oy uzluksiz davom etgan televizion musobaqaning final ishtirokchilariga aylangan Javohir Rahimov va Ibrohin Sultonovlar g’oliblikni egallab, Xitoyning Аsian Science Camp oromgohiga yo’llanmaga sazovor bo’lishdi.

Shuningdek, ikki yo’nalish bo’yicha  birinchi, ikkinchi va uchinchi o’rin sohiblari ham maxsus diplomlar va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.