Размер шрифта
Цвета сайта
Изображения
Диктор
Уникальный сервис Proof Reading Service – это возможность пользователям перевести, проверить на ошибки Свои статьи в формате .doc, pdf и т д
Актуальные новости Актуальные новости
17:03, 26.01.2021 | 159
Инновацион ишланмаларни амалга ошириш илмий-амалий маркази ва CyLon (Буюк Британия) компаняси ўртасида видеоконференция.
ZOOM платформаси орқали Ўзбекистон Республикаси Инновацион ривожланиш вазирлиги ҳузуридаги Инновацион ишланмаларни амалга ошириш илмий-амалий маркази ва CyLon (Буюк Британия) компанияси ўртасида онлайн учрашув бўлиб ўтди.
15:12, 07.01.2021 | 224
Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi va “GIS-TransferCenter Foundation” (Bolgariya) o‘rtasida memorandum imzolandi
2020-yilning 28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi va “GIS-TransferCenter Foundation” (Bolgariya) o‘rtasida ZOOM platformasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
14:44, 28.12.2020 | 228
Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi Ozarbayjon Innovatsiya agentligi bilan oʻzaro tajriba almashishdi
Joriy yilning 25-dekabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi Ozarbayjon Respublikasi Transport aloqa va yuqori texnologiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiya agentligi bilan hamkorlikda ZOOM platformasi orqali onlayn uchrashuv oʻtkazdi.
14:53, 25.12.2020 | 252
YОSHLARDA TADBIRKORLIK FAOLIYATI KOʻNIKMALARINI SHAKLLANTIRISH MAQSADIDA SIRDARYO VILOYATIDA BIZNES-AKSELERATOR OʻQUV-AMALIY MARKAZI OCHILDI.
Yoshlarda muhandislik koʻnikmalarini shakllantirish va innovatsion faoliyatga boʻlgan qiziqishni uygʻotish maqsadida Sirdaryo viloyatida biznes-akselerator oʻquv-amaliy markazi ochildi. Mazkur markaz Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi huzurida tashkil etildi.
17:29, 23.12.2020 | 295
XONADAGI VA SIRTDAGI KORONAVIRUS ZARRALARINI OʻLDIRUVCHI QURILMA
Joriy yil 3-8-noyabr kunlari onlayn tarzda tashkil etilgan “InnoWeek.uz – 2020”, ixtiro va loyihalarga boy boʻldi. Vazirlik Show roomda tashkillashtirilgan offlayn koʻrgazmada yurtimizda faoliyat yuritayogan korxona va tashkilot vakillari oʻz innovatsion loyihalari bilan mehmonlarni lol qoldirishdi.
14:34, 18.12.2020 | 233
Oybek Dexqonov: “Tibbiy maʼlumotlarni avtomatlashtirish uchun yangi tizim ishga tushadi!”
Xabaringiz bor, Innovatsion rivojlanish vazirligi yoshlarning gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, rivojlantirish va loyihalarini tadbiq qilishda koʻmak berish maqsadida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonini tashkil etgan. Bu yilgi oʻtkazilgan marfonda iqtidorli yoshlarimiz 25 kun davomida oʻz loyihalarini yanada mukammalashtirish, ularni rivojlantirish yoki mavjud gʻoyani yoʻlga qoʻyish kabi yoʻnalishlarda oʻz bilim va mahoratlarini oshirishga muvaffaq boʻlishdi.
17:28, 15.12.2020 | 217
“TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni: Yangi iqtidorlar, yangi Startuplar, yangi kashfiyotlar
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni II mavsumi 2020-yilning 15-dekabr kuni final bosqichi oʻtkazildi. Tadbirda marafon ishtirokchilari, saralab olingan yoshlar va koʻngillilar hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Tadbirga ishtirok etishga imkoni boʻlmagan yoshlar uchun ZOOM va YouTube platformalari orqali toʻgʻridan-tugʻri uzatildi.
18:15, 07.12.2020 | 259
“TexnoBus”ning bugungi manzili: Sirdaryo viloyati
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan “TexnoBus “texnologik mobil taʼlim platforma bosqichma-bosqich respublikamizning viloyatlarida boʻlib, iqtidorli yoshlar jamoasini shakllantirish va texnologiyalarga boʻlgan qiziqishini ortirish maqsadida texnoturlarni tashkil etib kelmoqda.
16:55, 01.12.2020 | 427
Brayl keybord - imkoniyati cheklanganlarga madad
Innovatsiyalar, ixtirolar, gʻoyalar barchasi hayotimizning ajralmas bir qismiga aylanmoqda. Shu sababli, oxirgi yillar qiziqarli loyihalari bilan koʻzga tashlanayotgan yoshlar oramizda koʻpchilikni tashkil etayotgani hech kimga sir emas. Shulardan biri Shoxruh Begmatovdir. U oʻzining mexatronika sohasiga boʻlgan qiziqishi bilan bir nechta loyihalarini taqdim etdi va koʻpchilikning nazariga tushishga ulgurdi.
16:27, 30.11.2020 | 301
Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” ilmiy jurnali tashkil etilganligining uch yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3416-son qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan boʻlib, 2018-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi muassisligida nashr etilmoqda Jurnal respublikamizda ilm-fan, milliy iqtisodiyot, siyosat va taʼlim tizimi rivojlanishiga koʻmaklashish, mamlakatimiz olimlari, mutaxassislari, doktorantlari, mustaqil tadqiqotchilari va OTM professor-oʻqituvchilari tomonidan olib borilayotgan izlanishlarning ilmiy ahamiyati hamda bu boradagi faolligini oshirishni oʻz oldiga maqsad qilib olgan. Nashrdagi maqolalar oʻzbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi.
13:21, 25.11.2020 | 271
Viruslardan himoyalovchi innovatsion minora
Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish vazirligida oʻtkazilgan “Innoweek-2020” innovatsion gʻoyalar haftaligida Amir va Sulton Abidovlar tomonidan yaratilgan “Innovatsion minora” koʻpchilikning eʼtiborini tortdi.
13:39, 24.11.2020 | 214
“Proofreading Service” — olimlar uchun qulay platforma
Proofreading — bu olimlar tomonidan tayyorlangan ilmiy maqola matnini yuqori reytingga ega bo'lgan jurnallar talablariga muvofiq tahrir qilish, yozma ingliz tili matnini yaxshilash, orfografik va grammatik xatolarni bartaraf etish, belgilangan texnik talablarga moslashtirish xizmatidir.
13:37, 24.11.2020 | 217
“TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni II mavsumiga start berildi.
2020-yilning 20-noyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi hamda Yoshlar akademiyasi tomonidan “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni II mavsumiga start berildi.
11:10, 18.11.2020 | 229
“TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni Andijon shahrida start oldi
Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi hamda Yoshlar akademiyasi tomonidan oʻrta hamda oliy taʼlim muassasalaridan ilmga chanqoq iqtidorli yoshlarni saralab olib, 20 kun davomida “Robototexnika, Mexatronika” WEB DEV, “3D prototiplashtirish” “Internet jihozlari” “Marketing” “IT” “Game develop”, Dasturlash (AKT), Oziq-ovqat sanoati, Biotexnologiya, VR/AR, Qurulish materiallari, Muqobil energiya, Mashinasozlik, yoʻnalishlari boʻyicha va markazga tegishli boʻlgan 6 ta zamonaviy laboratoriyaning texnik imkoniyatlaridan foydalangan holda ishtirokchilarga mutaxassislar tomonidan barcha bilim va koʻnikmalar onlayn hamda amaliy tarzda berib boriladi.
13:42, 12.11.2020 | 245
Boʻlajak shifokorlar uchun “VIRTUAL BEMOR”
Anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Innoweek.uz” haftaligi davomida gʻayrioddiy, koʻz koʻrib, quloq eshitmagan texnologiyalarni va ixtirolarni guvohi boʻlishimiz mumkin. Aynan mana shu haftalik davomida koʻrgazmada namoyish etilgan sensor ekran barchani eʼtiborini tortdi desak adashmaymiz. Sensorda tasvirlangan reanimatsion stoldagi bemor shifoga ehtiyoj holatda tasvirlangan.