Yoshlar kunida iqtidorlar uchun innovatsion-ijodiy imkoniyat

.
.
. .

09:21, 01.07.2020 | 213

Yoshlar kunida iqtidorlar uchun innovatsion-ijodiy imkoniyat

   Respublikamizning chekka hududlarida mamlakatimiz rivojlanishi uchun muhim bo’lgan sohalarga qiziquvchi yoshlarga ushbu yo’nalishlar bo’yicha ta’lim berishga mo’ljallangan “TexnoBus” texnologik mobil ta’lim platformasi Innovatsion rivojlanish vaziri o’rinbosari O.K. Norinbayev tomonidan 30 iyun – Yoshlar kunida start berildi.

     Ushbu innovatsion ta’lim platformasi “Coca cola bottlers” savdo belgisi homiyligida amalga oshirildi

       “TexnoBus” ta’lim platformasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich tashkil etilayotgan Yoshlar texnoparkining asosini tashkil etishi va unda faoliyat olib boruvchi iqtidorli yoshlar jamoasi shakllantirish maqsadida ishlab chiqildi. “TexnoBus” barcha qulayliklarga ega bo’lib, kerakli zamonaviy qurilmalar bilan jihozlangan. To’g’ridan-to’g’ri elektr tarmog’i, elektr toki generatori va akkumlyator orqali quvvat olish imkoniga ega “O’zOtayo’l” modelidagi ta’lim avtobusi bir vaqtning o’zida 12 nafar o’quvchini o’qitish imkoniga ega.

         Innovatsion ta’lim platformasida yoshlarga quyidagi sohalar bo’yicha ta’lim beriladi:

  • Robototexnika va elektronika;
  • 3 D prototiplashtirish;
  • Muqobil energiya manbalari;
  • Dasturlash;
  • VR/AR va boshqa interaktiv yo’nalishlar

       Birinchi tashrif Toshkent viloyati Ohangaron shahrida iqtidorli yoshlar bilan birgalikda bo’lib o’tdi. Ilk mahorat darslari Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi direktori o’rinbosari A.Sobirxonov hamda Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boshqarmasi bosh mutaxassisi A.Ilxamov tomonidan o’tkazildi.

     Maxorat darslariga hududdagi 20 nafardan ortiq tashabbuskor yoshlar ishtirok etishdi.

    Bundan tashqari, mahorat darslari yakunida tashrif buyurganlar uchun Yoshlar akademiyasi va Ohangaron shahrida tashkil etilayotgan Yoshlar texnoparki bo’yicha ma’lumotlar, ularda yaratilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar tushuntirildi.