Yetkazib berish xizmati

.
.
. .

12:16, 15.04.2020 | 228

Yetkazib berish xizmati

       Oʼzini- oʼzi boshqaradigan bu robot mahsulotlarni, ovqatlarni manzilga yetkazib berish xizmatini amalga oshiradi. Robototexnika bilan shugʼullanuvchi Starship Technologies kompaniyasi bir qator maxalliy magazin va restoranlar hamkorligida faoliyat yuritib, tez va tejamkor yetkazib berish xizmatini amalga oshiruvchi robotini ishlab chiqishdi.
        Starship xaridor tomonidan mobil ilova orqali mahsulot va yeguliklarga qilingan buyurtma asosida yetkazib beradi. Yoʼlga quyilgan ilova orqali 4 milь ( 6 km) radiusga ega boʼlgan masofaga, piyodalar tezligida, obʼekt va shaxslarga zarar yetkazmagan holda yetkazadi. Buyurtma yetkazib berish platformasiga yuklatilganidan soʼng buyurtmachi robot xarakatlanayotgan yoʼllari toʼgʼrisidagi maʼlumotni smortfon orqali nazorat qilish imkoni mavjud. Buyurtmadagi mahsulot smortfon orqali ochmagunga qadar bloklangan holda saqlanib turadi.

 Robot yoʼlni qanday kesib oʼta oladi?

       Robot xotirasiga koʼchalar va yoʼl kesishmalari yuklanadi. Аvtomobil, yoʼl tirbandlari, yoʼlovchilar yoʼli va signallarni yozadi. 3D radar orqali yaqin kelayotgan avtomobilni sezadi. Robot yoʼlni havfsiz boʼlgan holdagina kesib oʼtadi.