Tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetaylik!

.
.
. .

17:03, 08.05.2020 | 188

       Tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetaylik!

       Mana 21 yildan buyon davlatimiz va yurtdoshlarimiz bilan 9-May Xotira va qadrlash umumxalq bayrami keng nishonlanib kelmoqda. Barchamizga ayonki, ushbu bayram asrlar davomida yurtimiz O'zbekiston ozodligi, mustaqilligi va xalqimiz tinchligi yo'lida qahramona kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag'ishlanadi.
      1941-1945 yillarda bo'lib o'tgan Ikkinchi jahon urushida xalok bo'lgan minglab vatandoshlarimiz xotirasini ushbu kunda yod olib, ularning jasurona xizmatlari uchun, sabr-bardosh ila yengan mashaqqatlari uchun xurmat-extirom ko'rsatish tom ma'noda qadriyatlarimizga aylandi. II jahon urushi davrida O'zbekistonimizdan 1 million 433 ming 230 nafar hamyurtlarimiz ishtirok etib, 604 ming 52 nafari urush maydonidan nogiron bo'lib qaytgan bo'lsa, 450 mingdan ortiq vatandoshimiz esa qonli janglarda halok bo'ldi.

     Xamon oramizda qanchadan-qancha urush qatnashchilari, front ortida mehnat va mashaqqat chekkanlar bor. Shunday insonlarni xolidan xabar olish, ularni bunday ulug' g'alaba kuni bilan qutlash biz yoshlarning burchimizdir.
         Umumxalq Xotira kuni munosabati bilan Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi tomonidan II jahon urushi qatnashchilari Tazeyev Abdulla va Taisa Ivanovna xolidan habar olindi. A. Tazeyevni ushbu ulug' kun bilan qutlar ekanmiz, u kishi urush yillarida bo'lib o'tgan voqealar to'g'risida so'zlab berdilar. A. Tazeyev: " qonli urush davrida Ukrain va Belorus frontida rota kommandiri bo'lganman va xalqim tinchligi uchun jang qilganman. Yaqinlarimga 3 marta qora xat kelgan va xattoki xotira daftariga mening ismim kiritilgan, ammo Ollohga shukurlar bo'lsin ko'rib turganinggizdek salomatman" deydilar.
       Taisa Ivanovna esa hali 18 ga, to'lmagan bo'lsada xamshira vazifasida jangda yaralangan jangchilar sog'ligi yo'lida xizmat qilgan ekanlar. T. Ivanovnaning aytishicha soha yuzasidan xattoki Berlingacha borgan ekan.
        So'zimiz so'ngida shularni aytishimiz joizki, biz bunday tinchlik ne'matlarini doim qadrlab, yurtimiz, musaffo osmonimiz va xalqimiz farovonligi yo'lida xolisona mehnatimizni ayamasligimiz dardkor.