“TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni Andijon shahrida start oldi

.
.
. .

09:10, 18.11.2020 | 23

         Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi hamda Yoshlar akademiyasi tomonidan oʻrta hamda oliy taʼlim muassasalaridan ilmga chanqoq iqtidorli yoshlarni saralab olib, 20 kun davomida “Robototexnika, Mexatronika” WEB DEV, “3D prototiplashtirish” “Internet jihozlari” “Marketing” “IT” “Game develop”, Dasturlash (AKT), Oziq-ovqat sanoati, Biotexnologiya, VR/AR, Qurulish materiallari, Muqobil energiya, Mashinasozlik, yoʻnalishlari boʻyicha va markazga tegishli boʻlgan 6 ta zamonaviy laboratoriyaning texnik imkoniyatlaridan foydalangan holda ishtirokchilarga mutaxassislar tomonidan barcha bilim va koʻnikmalar onlayn hamda amaliy tarzda berib boriladi.
           “TechnoWays” marafonining asosiy afzalliklaridan yana biri shundaki, 27 yoshgacha boʻlgan ixtiyoriy insonlardan tashkil topgan jamoa oʻz gʻoyasi bilan ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan mavjud infratuzilmalar bilan taʼminlanadi. Marafon davomida oʻz sohasining eng ilgʻor mutaxassislari mentorlik qilishadi. Ishtirokchi tomonidan taqdim etilgan loyiha sayqallanadi, qayta ishlanadi va imkon qadar kuchaytirilgan xolda biznes angellarga taklif qilinadi. Jarayonning oʻzi ham ishtirokchi uchun katta maktab boʻlib xizmat qiladi gʻoyasi yoʻq lekin, yangilik yaratishga qiziquvchan yoshlarga gʻoya yaratish oʻrgatiladi, qolaversa gʻoya bilan kelib uni qanday amaliyotga tadbiq qilishni bilmayotgan yoshlarga, ularning gʻoyalarini tayyor prototipga olib kelish oʻrgatiladi, tayyor prototipga olib kelingan loyihalarni esa amalga oshirishga tayyorgarlik oʻrgatiladi va yordam beriladi. Ixtirochi yoshlar uchun chegara qoʻyilmagan va xar qanday shakldagi loyihalar qabul qilinadi.
     “TechnoWays” marafonining birinchi mavsumi oʻz samarasini yaxshi ifoda etganligi tufayli, “TechnoWays” marafonining ikkinchi mavsumini respublikaning 4 hududida, Andijon, Toshkent viloyati, Sirdaryo viloyati hamda Toshkent shahrida oʻtkazish rejalashtirilmoqda. Marafon asosan 20 kun davomida oʻtkaziladi. Marafonda asosan ishtirokchilar jamoa sifatida qatnashib, mentorlar bilan birgalikda oʻz loyihalarini amaliyotga joriy qilish ustida ish olib boradilar. Marafon soʻngida eng yaxshi loyihalar Yoshlar akademiyasi tomonidan bir martalik ragʻbanlantirish koʻzda tutilgan. Marafonda turli sohalar boʻyicha seminarlar tashkil etilib boriladi.

Ошибка
500

Упс, на наших серверах что-то пошло не так.