Ta’lim sohasida Innovatsion yondashuv va zamonaviy tendensiyalar

.
.
. .

12:58, 04.02.2020 | 407

Ta’lim sohasida Innovatsion yondashuv va zamonaviy tendensiyalar

       Bugungi kunda har qanday davlatning asosiy tendensiyasida innovatsion faoliyat yuqori o’rinlarni egallamoqda. Innovatsiya hayotimtizga kirib kelganiga hech qancha bo’lmay sezilarli darajada misli ko’rinmagan texnologiyalarni taqdim etmoqda. Shu bilan bir qatorda jamiyatning barcha sohalarining rivojiga o‘zining ta’sirini ko‘rsatibgina qolmay, balki ta’lim sohasi tizimiga ham bir qancha texnologiyalarni taqdim etmoqda. Ta’lim tizimida innovatsiyalarni yanada rivojlantirish maqsadida “Innovatsiya sohasida muammo va yechimlar” yuzasidan Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbarlari ishtirokida Buxoro va Andijon viloyatlarida anjuman tashkil etildi. Anjumanda Vazir o’rinbosari Olimjon Tuychiyev, Iqtidorli yoshlarni qo’llab quvvatlash boshqarmasi boshlig’i Firdavs Nematzoda va Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi direktor o’rinbosari Sobirhonov Akbarxonlar ishtirok etishdi. Anjuman davomida Buxoro viloyatida “Innovatsiya sohasida muammo va yechimlar” mavzusida butun Respublikadagi ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektorlar hamda, yoshlar bilan qator muammolar yuzasidan suhbat olib borildi.

       Andijon viloyatidagi tashrif Sharda universitetidan boshlandi. Universitet rahbari Olimjon Tuychiyev bilan bo’lgan suhbatda, kelgusidagi istiqbolli loyihalar keng muhokama qilinib, kelgusida innovatsiya sohasida yo’l haritasi tuzilishi rejalashtirildi. Universitetning texnika yo’nalishidagi laboratoriya uskunalari va jihozlari vazirlik tomonidan qo’llab quvvatlashi bildirildi.

       Tadbir ishtirokchilari viloyatning yosh va iqtidorli yoshlari bilan uchrashib ularning taklif va mulohazalari bilan qiziqishdi. Suhbat davomida yoshlar akademiyasi, ilg’or texnologiyali 6 ta labaratoriya va viloyatda birinchi aqlli svetofor loyihasini joriy qilish uchun yo’l xaritasi, yoshar texnoparki qoshida biznes akselleratsiya tashkil etish loyihasi ko’rib chiqildi.

        Tashrif yakunida Viloyat hokimi Shuhratbek Abduraxmonov bilan viloyat “Yoshlar texnoparki”ni hududiy markazi qurilishi yuzasidan suhbatlar olib borildi. Zero, bu rejalar amalga oshishi viloyatda o’ziga xos yangilik bo’lishi hamda yoshlarning kelajakka bo’lgan intilishida muhim ahamiyatga ega.