Robototexnika boʻyicha saralash tanlovlari boʻlib oʻtdi.

.
.
. .

12:24, 16.10.2019 | 92

          Robototexnika boʻyicha saralash tanlovlari boʻlib oʻtdi.

     Bugungi kunda axborot texnologiyalar asrida jamiyatning har bir sohasidagi yangiliklar, oʻzgarishlar insonlarni hayratlantirmasdan qolmaydi. Odamlarda qulaylik, aniqlik va tezkorlikka ehtiyoj ortib borishi ishlab chiqaruvchilarni yangidan yangi kashfiyotlar yaratishga undamoqda. Butun dunyo miqyosida IT sohasi rivoji uchun milliardlab dollar mablagʻ sarflanayapti. Birgina Boston Dynamics kompaniyasi yaqinda sunʼiy intellekt orqali boshqariladigan odamsimon (gumanoid) robotlarni ishlab chiqib, ular ustida turli tajribalarni amalga oshirmoqda. Yaqin 5-10 yil ichida aeroportlardagi maʼlumot beruvchi xodimlar oʻrnida, shuningdek, harbiylar safida ham robotlarni koʻrsak ham ajablanmaymiz. Yurtimizda ham yoshlar oʻrtasida IT sohasiga qiziqish kuchaygan. IT yoʻnalishlaridan biri boʻlgan sunʼiy intellektga asoslangan robototexnika sohasi yoshlarimiz uchun yangi yoʻnalish boʻlishiga qaramasdan, yangidan yangi marralarni zabt etishlariga toʻsqinlik qilmayapti. Sohaga eʼtibor namunasi sifatida  “InnoWeek.uz” Xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida 2-marotaba oʻtkaziladigan IRC (International Robotics challange) musobaqasi  IHT (Islom hamkorlik tashkiloti) bilan birgalikda tashkil qilinmoqda.

 

 

      Innovatsion Rivojlanish Vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan  Andijon shahrida xalqaro musobaqa oldidan  saralash bosqichlari boʻlib oʻtdi. Unda Qashqadaryo, Fargʻona, Samarqand, Xorazm viloyatlaridan tashrif buyurgan yosh robotexniklarimiz ishtirok etishdi. Gʻolib boʻlgan jamoalar Xalqaro robototexnika musobaqasida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdilar.

      Eslatib oʻtamiz, 29-31-oktyabr kunlari Toshkent shahrida “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasida Xalqaro robototexnika musobaqasi “IRC-2019” boʻlib oʻtadi. Robocode IT Academy oʻquvchilari xam ushbu musobaqada katnashadi. Jamoalarga omad tilab qolamiz.