Robototexnika boʼyicha “FIRST Global Challenge 2019” musobaqasi boʼlib oʼtadi

.
.
. .

12:42, 23.10.2019 | 89

Robototexnika boʼyicha “FIRST Global Challenge 2019” musobaqasi boʼlib oʼtadi

Joriy yilning 24-27 oktabr kunlari Birlashgan Аrab Аmirliklarining Dubay shahrida “FIRST Global Challenge 2019” musobaqasi boʼlib oʼtadi. Unda ishtirok etish uchun 7 kishidan iborat Oʼzbekiston milliy terma jamoasi 21 oktabr kuni BААga joʼnab ketishdi.

“FIRST Global Challenge 2019” har yili butun dunyo miqyosida fan, texnika, injenerlik va matematika (STEM) sohalariga qiziquvchi ikki milliarddan ortiq yoshlarni oʼzida jamlaydi. Galdagi musobaqaga Dubay shahri mezmonlik qiladi.

Har yili insonlar faoliyati natijasida paydo boʼlgan millionlab tonna ifloslantiruvchi moddalar dunyo okeani orqali dengiz florasi va faunasiga shuningdek, butun sayyoramiz aholisiga salbiy taʼsir koʼrsatib kelmoqda. Navbatdagi “FIRST Global Challenge 2019” okeanlarimiz va yovvoyi tabiatimiz sofligini saqlab qolish masalalariga qaratilgan. Ocean Opportunities da turli mamlakatlardan tashrif buyurgan uch jamoalarga okeanlarni ifloslantiruvchi moddalardan tozalash uchun 2 daqiqayu, 30 soniya vaqt beriladi.

Uchrashuv oldidan oʼyin maydoni (30) mikro ifloslantiruvchi va (50) makro ifloslantiruvchi moddalar bilan qoplanadi. Jamoalardan oʼz alyanslari hududida belgilangan vaqtda tozalab berishlari talab etiladi.

Milliy terma jamoamiz aʼzolariga omad tilaymiz.