Retsirkulyator qanday ishlaydi?

.
.
. .

10:39, 08.04.2020 | 230

Retsirkulyator qanday ishlaydi?

      Retsirkulyator nimalarga qodir ekanligi xaqida ikki ogʼiz gapirib oʼtamiz. Bunday apparat xonada mavjud 99% zararli mikroorganizmlarni oʼldirib,havoni zararsizlantiradi. Аsbob anʼanaviy bakteriyalarni oʼldiradigan nurlantiruvchi kabi bir xil simobli UB chiqaradigan lampalar asosida ishlaydi. Аmmo bularning oʼrtasida jiddiy tafovut mavjud. Аgar oddiy bakteriyalar zarasizlantiruvchi oddiy zararli bakteriyalarni, zamburugʼlarni, havfli mikroorganizmlarni va xokozolarni UB nurlari orqali oʼldiradigan boʼlsa, retsirkulyator oʼzgacha printsip orqali ishlaydi.

Retsirkulyatorning ishlash printsipi?

      Retsirkulyator yopiq quti boʼlib, uning ichida ultrabinafsha nur chiqaradigan lampalar mavjud. Havo xavopurkagich orqali xonadan olinadi va ultrabinafsha germitsidal lampalar bilan kameradan oʼtadi. Havoni yuqori darajadagi dezinfektsiyalash (99,9% gacha) lampalarning bakteritsid oqimi kuchi va havo oqimi tezligining maqbul nisbati bilan taʼminlanadi. Bundan tashqari, bakteritsid oqimidan foydalanish samaradorligini oshirish uchun kameraning yuzasi yuqori aks ettirish nisbati bilan maxsus qoplamaga ega. Retsirkulyator nurlarni tashqariga chiqarmaydi, aksincha, u havoni xavopurkagich bilan qismlarga boʼlib, u yerda dezinfektsiyalaydi. Shundan soʼng toza havoni tashqariga chiqarib, ushbu jarayon muntazam ravishda takrorlanadi.

      Ushbu loyiha Turin politexnika universiteti  1 bosqich talabasi Daler Mardanov tomonidan ixtiro qilingan bo'lib, Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amalish markazi tomonidan amalda qo'llanilib ko'rildi va hozirda tibbiyot markaziga amaliy foydalanishga topshirilgan.