Qoraqalpog’istonning olis ovulidagi maktablar kompyuterlar va uskunalar bilan jihozlandi

.
.
. .

12:57, 11.02.2020 | 327

Qoraqalpog’istonning olis ovulidagi maktablar kompyuterlar va uskunalar bilan jihozlandi

       Joriy yilning 7-fevral kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi hodimlari tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasining Qorauzak tumani 1-sonli hamda 28-sonli umumta’lim maktablariga vazirlik tomonidan 30 ta kompyuter topshirildi. 25-sonli hamda 13-sonli maktablarda esa robototexnika kurslari joriy qilinishi boshlandi. Quvonarlisi, o’qituvchilarda shijoat katta. Ikki oy avval ishchi guruh hududlardagi o’rganishlardan kelib chiqib, ushbu maktablarda kompyuterlar yetishmasligi muammosi bor edi.

         Yurtimizning eng chekka hududlardan birida joylashgan mazkur maktab zamonaviy talablarga mos bo’lishi, u yerda ta’lim olayotgan o’quvchilar yangi bilim va ko’nikmalarni egallashini ta’minlash maqsadida har bir maktabga 15 tadan kompyuterlar taqdim etildi.

       Maktabga o’rnatilgan kompyuterlar ta’lim sifatini oshirishga, axborot texnologiyalarini joriy qilishga,  o’quvchilarni yangi bilimlardan xabardor bo’lishlariga xizmat qiladi. Endilikda Qorauzak tumani yoshlari kompyuter orqali raqamlashtirish yiliga o’z xissalarini qo’shib, darslarga yanada puxta tayyorlanish, bilimlarini mustahkamlash hamda eng asosiysi, zamon bilan hamnafas bo’lish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

      Kompyuter asoslarini puxta egallab, robototexnika kabi ilm-fan yutuqlarini o’zida mujassam etgan istiqbolli yo’nalishlar haqida tushunchaga ega yoshlarda o’ziga bo’lgan ishonch ortadi, yangi bilimlarni egallashga ishtiyoq paydo bo’ladi.