Intellektual robotlarni ishlab chiqaruvchi dunyodagi lider kompaniya –UBTECH “InnoWeek.uz” innovatsion gʻoyalar haftaligiga tashrif buyuradi

.
.
. .

16:51, 18.10.2019 | 129

Intellektual robotlarni ishlab chiqaruvchi dunyodagi lider kompaniya –UBTECH “InnoWeek.uz” innovatsion gʻoyalar haftaligiga tashrif buyuradi

Intellektual robotlarni ishlab chiquvchi dunyodagi lider kompaniya – UBTECH Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etuvchi ilmiy-amaliy markazi tomonidan tashkil etiladigan “InnoWeek.uz” innovatsion gʻoyalar haftaligiga tashrif buyuradi. UBTECH ROBOTICS CORP – yuqori texnologiyalarga asoslangan robotlarni butun dunyo boʻylab ommalashtirishni targʻib qiluvchi kompaniya boʻlib, dasturiy taʼminot sohasida PhD va magistr darajasiga ega tajribali robototexnika mutaxassislaridan iborat professional guruh ham shu yerda faoliyat yuritadi. Kompaniya boshqa ilmiy tadqiqot muassasalaridan farqli ravishda robot-gumanoidlarni tijoratlashtiruvchi va oddiy insonlar turmush hayotlarida foydalanishlari uchun robotlarni ishlab chiquvchi Xitoydagi yagona kompaniya hisoblanadi. Kompaniya “InnoWeek.uz” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida oʻtkaziladigan innovatsion yarmarkada eng soʻnggi zamonaviy robotlarini namoyish etadi. Haftalikka tashrif buyuring va har bir daqiqangizdan unumli foydalaning.

 

https://www.youtube.com/watch?v=j5OzmZK7tRA