Innovatsion rivojlanish Vazirligining faoliyati haqida tanishtiruv seminari o‘tkazildi.

14:51, 10.02.2021 | 117

     O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura akademiyasi magistrantlari uchun Innovatsion rivojlanish Vazirligining faoliyati haqida tanishtiruv seminari o‘tkazildi.

  O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi hamda Innovatsion rivojlanish Vazirligining faoliyati haqida tanishtiruv seminari o‘tkazildi.

     Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi direktori o‘rinbosari Akbarxon Sobirxonov tomonidan tashrif buyurgan mehmonlar uchun Innovatsion rivojlanish vazirligining faoliyati haqida taqdimot o‘tkazildi. Ushbu taqdimot davomida vazirlikning asosiy maqsadlari, vazifalari hamda uch yillik faoliyati davomidagi natijalari haqida so‘z yuritildi.

     Taqdimotning ikkinchi qismida innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Ziyodbek Yunusov, innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazning faoliyati haqida gapirdi.

     Shu o‘rinda taʼkidlab o‘tish joizki, seminar qatnashchilarini juda qiziqtirgan mavzulardan biri bu - global innovatsion indeksga ko‘ra, Innovatsion rivojlanish vazirligining 2030-yilga qadar dunyoning TOP-50 mamlakatlari qatoridan joy olishi uchun amalga oshiriladigan asosiy vazifalari bo‘ldi. Bundan tashqari, Akademiya magistrantlari Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan moliyalashtirish hamda innovatsion loyihalarni taqdim etish masalasi bilan qiziqdilar.

  Ilmiy seminar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura akademiyasi magistrantlari uchun markaz bo‘ylab ekskursiya o‘tkazildi va markazning malakali xodimlari ularga qiziq bo‘lgan savollarga javob berishdi.