Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi va ʼʼ ERNST&YOUNG‘ʼ kompaniyasi o‘rtasida muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

15:54, 10.02.2021 | 98

         Ushbu uchrashuvda, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish Vazirligi qoshidagi innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi direktori Sh. Sharipov, startap va tadbirkorlarni qo‘llab - quvvatlash bo‘limi boshlig‘i S. Akramov, Yashnobod texnoparki direktori o‘rinbosari T.Olimov ʼʼ ERNST&YOUNG‘ʼ kompaniyasining O‘zbekistondagi shartnomalar bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatish mutaxassisi Bobur Nig‘matjonov, hamda O‘rta Osiyodagi, Qozog‘istondagi va Kavkazdagi shartnomalar bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Timur Po‘latov ishtirok etishdi.
          Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad istiqbolli loyihalarni tanlab olish, ularni amalga oshirish yoki faoliyatini kengaytirishda tashqi investitsiyalarni jalb qilish bo‘ldi.