Innovatsion g’oyalarga qiziqasizmi?

18:28, 23.02.2021 | 88

Innovatsion g’oyalarga qiziqasizmi?

Robototexnika sohasida ishlanmalarga egamisiz?

Unda joriy yilning 12-13 mart kunlari Qashqadaryo va Surxondaryo hududlari kesimida o’tkazilayotgan “Innovatsion g’oyalar va ishlanmalar hududiy ko’rgazmasi” doirasida “Power of innovation ” tanloviga qatnashing.

Tanlov talablari:
- ishtirokchilar 30 yoshgacha bo’lishi;
- ishlanmaning yangiligi;
- ishlanmaning yakunlanganligi;
- ijtimoiy ahamiyati;
- zamonaviy texnologiyalardan foydalanganligi;
- xalqaro va milliy ko’rgazma, tanlovlarda ishtiroki yoki patentlanganligi.

Tanlov g’oliblari quyidagi o’rinlar bo’yicha pul mukofoti bilan taqdirlaniladi:
- 1-o’rin – 15 000 000 so’m
- 2-o’rin – 10 000 000 so’m
- 3-o’rin – 5 000 000 so’m

Qatnashing, innovatsion g’oyalaringiz va ishlanmalaringizga imkoniyat yarating!

Quyidagi havola orqali tanlovning to’liq nizomi bilan tanishishingiz mumkin:
https://online.pubhtml5.com/pbpq/qwnj