Ilg’or va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriyaga tashrif.

18:57, 23.02.2021 | 77

Ilg’or va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriyaga tashrif.

👉23 fevral kuni Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo’mitasi raisi o’rinbosari Dilorom Toshmuhammedova Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazida bo’ldi.

U markazdagi zamoaviy laboratoriyada bo’lib, robotexnika va mexatronika, uchuvchisiz parvoz etuvchi qurilmalar, 3D prototiplashtirish, aerokosmik, sanoat internet ashyolari, 5G yangi avlod tarmoqlari faoliyatini o’rgandi. Yangi loyiha va ishlanmalar haqida fikr bildirildi.

Ishonchim komilki, bunday imkoniyat va imtiyozlar yosh avlodni ertamizning munosib davomchilari etib tarbiyalashda yorqin istiqbollarni ochadi - deydi Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo’mitasi raisi o’rinbosari Dilorom Toshmuhammedova. - Quvonarli tomoni shundaki, zamon talablari va ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar sharoitida bugungi yoshlarning talab va ehtiyojlari, loyiha va g’oyalari o'rganilib, yangidan- yangi imtiyoz va imkoniyatlar eshigi ochib berilmoqda.