“INNOWEEK-2019” innovatsion gʻoyalar haftaligi yakunlandi

.
.
. .

15:25, 04.11.2019 | 25

2019-yil 31oktyabrida “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazma kompleksida innovatsion gʻoyalar haftaligi ­ — “INNOWEEK-2019” oʻz yakuniga yetdi.

Unda 30 dan ortiq xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan olimlar, ishbilarmonlar, yirik kompaniyalar vakillari ishtirok etdilar. Koʻrgazmada 17 ta xorijiy va 29 ta mahalliy korxona 
va tashkilotlar oʻz ishlanmalarini taqdim etdi.

Innovatsion gʻoyalar haftaligi quyidagi tadbirlar boʻlib oʻtdi:

-Osiyo-Tinch okeani texnologiyalar transferi markazining (APCTT) “Innovatsiyalar va texnologiyalar transferida intellektual mulkning ahamiyati” mavzusidagi mintaqaviy seminar;

- “Innovatsiya va investitsiya forumi”;

- “Future Foresight” seminar-treningi;

- Xalqaro interaktiv koʻrgazma;

- Xalqaro robototexnika musobaqasi;

- “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni va 2017-2019-yilda xalqaro olimpiada mukofotlari sovrindorlarini mukofotlash marosimlari;

- “Yosh innovatorlar” tanlovida tanlov gʻoliblarini taqdirlash tadbiri.

Tadbirga tashrif buyurganlar soni 7 ming kishidan ziyod boʻldi. Ular oliy taʼlim muassasalari talabalari va ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislar, xorijiy va mahalliy ishbilarmonlar hamda yirik kompaniyalar vakillari, vazirlik, davlat idoralari va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan masʼullari, maktab oʻquvchilari, tijorat banklari xodimlari va boshqa fuqarolardir.

INNOWEEK-2019» tadbiri natijalari boʻyicha maʼlumotlarni saytimiz orqali maʼlumot berishni davom ettiramiz.