Hayotimizga kirib kelayotgan zamonaviy robototexnika va robotlar

.
.
. .

11:20, 10.03.2020 | 73

Hayotimizga kirib kelayotgan zamonaviy robototexnika va robotlar

        UBTECH (YUBTEK)- odam shaklidagi robotlar ishlab chiqаrish bo’yicha global yetakchi kompaniya bo’lib, 2012 yilda asos solingan. UBTECH Robotics butun dunyo bo’lab robotlarni ishlab chiqаrish va ommalashtirish bilan shug’ullanuvchi yuqori texnologiyali korxona. Korxona markazi Xitoyning Shinjen shahrida,uning filiali Amerikaning Koliforniya shtatida joylashgan. Kompaniyaning asos solinganiga qisqa vaqt bo’lishiga qaramay, dunyo bozorini egallashga ulgurdi. Yetakchi sanoatning yutuqlaridan biri- tadqiqotlar asosida harakatlanadigan odam shaklidagi robotlarni rivojlantirdi. Ishlab chiqarish, savdo va marketing sohasida, bolalar uchun dars vaqtida foydalanadigan robotlarni yaratishga muvaffaq bo’ldi. Hozirgi kunda kompaniya robotlari ta’lim, xizmat ko’rsatish sohalarida, o’quvchilarning dars jarayonida va robototexnika kurslarida keng qamrovda foydalanilmoqda.

        Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi va Xitoy Xalq Respublikasining UBTECH Robotics Limited kompaniyasi bilan 2019-yilning avgust oyida anglashuv memorandumi imzolandi. Bunga ko’ra kompaniya tomonidan maktablarda robototexnika oʻquv kurslarini tashkil qilish (davlat/xususiy), robototexnika boʻyicha oʻquv markazlari tashkil qilish, Sirdaryo biznes-akseleratorida ikkita auditoriyani zarur texnik jihozlar bilan taʼminlash o’zaro kelishilgan. Ishonamizki, yaqin kelajakda UBTECH Robotics kompaniyasi yaratgan robotlar singari robotlar yoshlarimiz tomonidan ham albatta yaratiladi.