G'oliblikni qo'lga kiritgan "Innoweek.uz" 2019 loyihasi ishtirokchilari "Watergen" kompaniya faoliyati bilan tanishmoqda

.
.
. .

16:23, 03.03.2020 | 271

   G'oliblikni qo'lga kiritgan  "Innoweek.uz" 2019  loyihasi ishtirokchilari "Watergen" kompaniya faoliyati bilan tanishmoqda

     Ma’lumki 2019-yil oktyabr oyida o’tkazilgan «InnoWeek.uz» Innovatsion g’oyalar haftaligi doirasida o’tkazilgan “Yosh innovatorlar” ko’rik tanlovi besh nafar g’oliblari aniqlangan edi. Dastlabki uchta sovrin egalari pul mukofotini qo’lga kiritishgan bo’lsa, qolgan 4 va 5-o’rin egalari Firdavs Nematzoda va Ilhom Mamayunusov fevral oyida «Watergen» (Isroil) kompaniyasiga  malaka oshirish imkoniyatini qo’lga kiritishdi.  Hozirgi kunda ushbu g’oliblar bir hafta davomida ‹‹Watergen›› faoliyati, kompaniya faoliyati, kompaniyada ishlab chiqariladigan mahsulot, biznes aloqalarini  o’rnatish va Isroil davlatining boy tarixini o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladilar.