Farg’ona shahrida “Yoshlar innovatsion markazi” tashkil etildi

.
.
. .

09:12, 15.06.2020 | 120

Farg’ona shahrida “Yoshlar innovatsion markazi” tashkil etildi

      Yurtimizda innovatsiyalarni joriy etish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan qator chora-tadbirlarni izchillik bilan amalga oshirish va bu borada rivojlangan davlatlar tajribasidan unumli foydalanish shuning bilan birga sohaga aniq maqsad sari yo’naltirilgan investitsiyalarning jalb etilishi bugun o’z samarasini bermoqda.

    Ana shunday istiqbolli loyihalar asosida Farg’ona viloyati Farg’ona shahrida “Yoshlar innovatsion markazi” tashkil etildi. Joriy yilning 5-iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov mazkur majmuada bo’lib, bino va unga tutash hududlarda amalga oshirilgan rekonstruksiya, ta’minlash, obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, I.Abdurahmonov binoni jihozlashda o’ziga xos uslub va ko’rinish, shuningdek ilg’or texnologiyalarni o’zlashtirish va ular asosida ilmiy izlanishlar olib borishda yoshlarga barcha qulaylik va sharoitlarni ta’minlash borasida takliflarini bildirdi.

    Shahar ko’rkiga o’ziga xos chiroy baxsh etgan Farg’ona Yoshlar innovatsiya markazi “Kovorking markazi”, “Innovatsion g’oyalar va loyihalarni ishlab chiqarishga joriy etish jamg’armasi”, “Arxitektura-loyihalash byurosi”, “OTMlararo ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi”, “Axborot-texnologiya markazi” faoliyatlarini o'z ichiga olgan.

      O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazining g’oya va takliflaridan kelib chiqib Farg’ona Yoshlar innovatsion markazida, elektron termometr hamda ta’lim muassasalarida dars mashg’ulotlariga kirish va chiqish qo’ng’iroqlarini elektron grafik asosida avtomatik tarzda nazorat qiluvchi elektron qo’ng’iroq ishlab ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.

     Markazda elektron konstruktor yordamida robototexnikaga qiziquvchi maktab yoshidagi bolalar uchun Deviser elektron qurilmalar bilan ishlash loyihalarini amalga oshirish yo’lga qo’yiladi. Markaz faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida sanoat robotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashish, bunda  sanoat ishlab chiqarishga xizmat turlari ham taqdim etiladi. Bundan tashqari, majmuоda kelajakda yoshlarda elektronika, mexatronika, fizika, dasturlash bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirishga doir g’oyalar taqdim etish va ularni amaliyotda qo’llash ko’zda tutilgan.