Boʻlajak shifokorlar uchun “VIRTUAL BEMOR”

.
.
. .

11:42, 12.11.2020 | 39

           Anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Innoweek.uz” haftaligi davomida gʻayrioddiy, koʻz koʻrib, quloq eshitmagan texnologiyalarni va ixtirolarni guvohi boʻlishimiz mumkin. Aynan mana shu haftalik davomida koʻrgazmada namoyish etilgan sensor ekran barchani eʼtiborini tortdi desak adashmaymiz. Sensorda tasvirlangan reanimatsion stoldagi bemor shifoga ehtiyoj holatda tasvirlangan.
      Bunday ixtiro tibbiyot muassasalarida oʻqiydigan oʻquvchi va talabalarga virtual oʻrganish imkoniyatini beradi. Tabiiyki, har bir meditsina sohasi vakillari oʻz xatolari ustidan ishlasagina yuksaladi. Biroq shifokorlar biror xatolikka yoʻl qoʻysa, ayanchli holat yuz berishi tabiiy. Ana shunday holatlarni inobatga olgan holda, “virtual bemor” shifokorlarni tajribadan oʻtkazishga qodir. Bu Portugaliyaning “Take The Wind” kompaniyasi tomonidan yaratilgan “Body Interact” platformasi, yaʼni “Virtual bemor” dasturi boʻlib virtual bemorning afzalliklari shundaki, bemor turli kasalliklar bilan koʻrsatiladi va har hil muolajalar orqali davolash, protsedularni amalga oshirish imkoni mavjud. Bemorga notoʻgʻri yaʼni hato davolash bemorning ahvolini yomonlashuviga va aksincha toʻgʻri muolaja esa bemorning tuzalishiga olib keladi.
           Mazkur mobil ilova orqali talabalar virtual bemor holatiga baho berish maqsadida undan kerakli tahlillar olishlari, fonendoskop yoki rentgen, MSKT, kabi virtual uskunalarda tekshirib, barcha amaliyotlarni ekrandagi ish stolida virtual tarzda oʻtkazish mumkin.
         Bemor koʻrigi virtual olib borilarkan, bemorni koʻrish va davolash uchun maʼlum vaqt beriladi. Demak, inson hayotini saqlab qolish uchun boʻlgʻusi shifokorlarda tezkor harakatlanish koʻnikmasini ham singdiradi. Belgilangan muddat oraligʻida bemorga tashxis qoʻyish bilan birgalikda davo choralarini qoʻllash ham talab etiladi. Talabalar bemorning holati boʻyicha baho berishlari shartligi ham belgilangan.
“Virtual bemor” platformasi, asosan, 3-bosqichni tamomlagan talabalar uchun kerakli va asosiy qoʻllanmadir. Platforma virtual holatda masofaviy klinik taʼlimni yaxshilaydi.
           “InnoWeek.uz-2020” Innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida mazkur platformadan respublikaning tibbiy oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va talabalariga 3 oyga bepul foydalanish boʻyicha Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda mazkur “Take The Wind” kompaniyasi oʻrtasida kelishuv memorandumi imzolandi.
        Undan tashqari hozirda ushbu texnologiya asosida Toshkent davlat stomatologiya instituti talabalari oʻz mahoratlarini oshirmoqdalar.

 

                                  

Ошибка
500

Упс, на наших серверах что-то пошло не так.