Andijon viloyatida maktablar va oliy taʼlim muassasalari hamkorligi oʻrganildi

.
.
. .

17:00, 21.10.2019 | 78

Andijon viloyatida maktablar va oliy taʼlim muassasalari hamkorligi oʻrganildi

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda oʻqituvchilarning oʻrnini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va vazirlik huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi vakillaridan iborat ishchi guruh Andijon viloyatining barcha tumanlarida boʻlib, oliy taʼlim muassasalari bilan maktablar oʻrtasidagi hamkorlik, oʻquv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-uslubiy hamkorlik holatlari oʻrganilib, tegishli tavsiyalar berishdi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi AndDU bilan hamkorlikda Baliqchi tumani maktablariga AKADEMIKLAR tashrifini uyushtirdi. Oʻzbekiston FAning akademigi Abdulla Agzamov boshchiligidagi bir guruh olimlar 49-maktabga tashrif buyurdilar

Innovatsion rivojlanish vazirligi vakili Jahongir Musayev hamda Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashevlar Baliqchi tumanidagi 15-umumtaʼlim maktabiga tashrifi chogʻida maktabda oʻtkazilayotgan ochiq dars jarayoni bilan tanishdilar. Shuningdek, ular maktabda oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Ona tilim – qalbim quyoshi” nomli badiiy kechada ishtirok etib, ona tilimizni oʻqitishning muhim jihatlari boʻyicha oʻz fikrlarini bildirib oʻtdilar. Ular maktab oldida hamkorlik masalasida qanday muammolar mavjud ekanini aniqlab, ularni bartaraf qilish boʻyicha maqsadli ishlarni amalga oshirdilar. Andijon viloyatining barcha tumanlaridagi maktablar uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi va Andijon davlat universiteti hamkorligida ishlab chiqilgan “Innovatsion kutubxona” taqdim etildi.

Shuningdek, ishchi guruh 39-umumtaʼlim maktabida ham boʻlib, u yerda maktab oʻquvchilari tomonidan etilgan gimnast oʻquvchilarning chiqishlari, yosh rassomlarning badiiy ijod namunalaridan bahramand boʻlishdi. Ishchi guruh aʼzolari maktabdagi darslarni kuzatib, ularga tegishli koʻrsatmalar berdilar.

Ishchi guruh Baliqchi tumani markazidagi Bolalar va oʻsmirlar sport maktabiga ham tashrif buyurib, maktabda oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni oʻrgandilar. Oʻquvchilar uchun tashkil etilgan master klasslarda ham boks boʻyicha olimpiya chempioni Muhammadqodir Abdullayev, jahon chempionati sovrindori Iqboljon Xoldorov, kurash turlari boʻyicha jahon va Osiyo chempionlari Sodiqov Jasurbek, Ilhomjon Mashrabov, Zarnigor Oʻrmonovalar, volleybolchi qizlar jamoasi aʼzolarining bergan saboqlari yosh sportchilar uchun juda foydali boʻldi albatta.